Erdo‘g‘an, qaroqchilar hujmiga duch kelgan kema kapitanlaridan Furkan Yaren bilan uchrashdi

Prezident Erdo‘g‘an, qaroqchilar hujmiga duch kelgan kema kapitanlaridan Furkan Yaren bilan telefon orqali muloqat qildi.

1570180
Erdo‘g‘an, qaroqchilar hujmiga duch kelgan kema kapitanlaridan Furkan Yaren bilan uchrashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Nigeriya qirg‘oqlaridan uzoq nuqtada qaroqchilar hujmiga duch kelgan kema kapitanlaridan Furkan Yaren bilan telefon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra masalani yaqindan kuzatgan Erdo‘g‘an, Gabonda langar tashlagan kema duch kelgan hujumdan omon qolgan 3 personalning salomatligi haqida ma’lumot olgan.

Prezident Erdo‘g‘an, olib qochilgan personalning qutqarilishi uchun ham kerakli faoliyatlarning tig‘iz ravishda davom etganini qayd etgan.

Undan tashqari Turkiyaning Librevil elchisi Nilufer Erdem Kaygisiz, dengiz qaroqchilari tomonidan olib qochilgan va “Mozart” deb nomlangan turk konteyner kemasining ekipajlari bilan uchrashdi.

Liberiya bayrog‘i ilingan ushbu kema kecha Nigeriyaning Lagos shahri qirg‘og‘idan qariyb 180 mil uzoqlikda dengiz qaroqchilari tomonidan hujumga uchragandi.  

Nigeriyaning Lagos shahridan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga qarab yo‘l olgan kemadagi 19 kishilik ekipajdan ozarbayjonlik bir kishi o‘ldirilar ekan, 15 kishi olib qochilgandi.

Omon qolgan 3 ekipaj kecha Gabonning Gentil portida langar tashlagandi.  



Aloqador xabarlar