Altun: “G‘arb, XDP/ PKK yolg‘onlarini yoyishdan voz kechishi va haqiqatni aytishi lozim”.

Faxrettin Altun G‘arbni, XDP/ PKK yolg‘onlarini yoyishdan voz kechishga va haqiqatni aytishga chaqirdi.

1570264
Altun: “G‘arb, XDP/ PKK yolg‘onlarini yoyishdan voz kechishi va haqiqatni aytishi lozim”.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altun G‘arbni, PKK terror tashkiloti bilan Xalqlarning Demokratik partiyasi (XDP) yetakchilari haqida yolg‘on ma’lumot yoyishni bas qilishga chaqirdi.

Faxrettin Altun terror tashkiloti to‘daboshi Abdullah O‘jalanning surati ilingan XDPning Esenyurtdagi tuman yetakchiligida qayd etilgan tasvirlarini bo‘lishgan holda,

G‘arbni, XDP/ PKK yolg‘onlarini yoyishdan voz kechishga va haqiqatni aytishga chaqirdi.

Altun, Twitter hisobi orqali ingiliz tilida bo‘lishdan postida XDPning Esenyurtdagi tuman yetakchiligida qayd etilgan tasvirlarga o‘rin berdi.

Ushbu tasvirlarning Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) va Yevropa ittifoqi tomonidan terror tashkiloti sifatida tan olingan PKK bilan XDP o‘rtasidagi munosabatga yangi dalil taqdim etganini belgilab o‘tgan Altun, bolalar ham doxil o‘n minglab tirik jonning Suriya va boshqa joylarda PKK terrori qurboni bo‘lganini ifoda etdi.

Faxrettin Altun PKKning bir necha terror hujmiga qo‘l urgani, bolalarga qurol ushlatgani va dunyoni shantaj qilish uchun minglab DEASh terror tashkilotiga a’zo terroristni qamoqxonalardan chiqarganiga e’tibor qaratgan holda,

“Bu hujumlarni qoralashni rad etgan XDP yetakchilari, xudkushlar ham doxil barcha terroristni kaptida tutib, PKK a’zolaridek harakat qilmoqda. Shuning uchun kurd onalar XDPning Diyarbakirdagi viloyat binosi oldida norozichilik namoyishi uyushtirmoqda. Shunday ekan G‘arb, XDP/ PKK yolg‘onlarini yoyishdan voz kechishi va haqiqatni aytishi lozim”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar