BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo’yicha idorasi Istanbulda vakolatxona ochadi

Nyu-York shahrida Turkiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida o’tkazilgan tadbirda Istanbulda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo’yicha idorasining vakolatxonasini ochish to’g’risida hurjjat imzolandi.

1568859
BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo’yicha idorasi Istanbulda vakolatxona ochadi

 

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo’yicha idorasi Istanbulda o’z vakolatxonasini ochmoqda.

Nyu-York shahrida Turkiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida o’tkazilgan tadbirda Istanbulda BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo’yicha idorasining vakolatxonasini ochish to’g’risida hurjjat imzolandi.

Mazkur hujjatga BMTning Gumanitar masalalardan mas’ul bosh kotib o’rinbosari Mark Lovkok va Turkiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi rahbari Feridun Sinirlio’g’li imzo chekdi.

Ta’kidlanishicha, Istanbulda tashkil etiladigan vakolatxona BMTning Gumanitar masalalar bo’yicha bazasiga aylanadi. Istanbul eng muqobil manzil bo’lgani uchun u yerdan Yaqin sharq va Afrikaga amalga oshiriladigan gumanitar yordamlarni tashkillashtirish yana ham qulay bo’ladi.

Turkiya hukumati va xalqiga minnatdorligini bildirgan Mark Lovkok, BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo’yicha idorasining 50ga yaqin xodimi Istanbulga ko’chirilishini ma’lum qildi.

Feridun Sinirlio’g’li Turkiya BMTning mas’ul a’zolaridan biri sifatida, tashkilotning dunyodagi barcha insonlarning hayotini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlariga faol hissa qo’shganligini ta’kidladi.

“Biz dunyodagi eng himoyasiz, nochor insonlarga yordam qo’limizni uzatibgina qolmadik, ayni vaqtda dunyodagi qochqin aholining 20%iga mezbonlik qilyabmiz va ularning barcha ehtiyojlarini ta’minlab kelyabmiz”,-deb aytgan Feridun Sinirlio’g’li.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya bilan BMT o’rtasida rivojlangan hamkorlik natijasida Istanbul yana bir qator BMT tashkilotlari uchun mintaqaviy markazga aylanadi. BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo’yicha idorasining Istanbulda ochiladigan vakolatxonasi global jarayonga ijobiy hissa qo’shadi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #BMT , #Turkiya

Aloqador xabarlar