Turkiya ispan xalqi va hukumatiga ta’ziya izhor etdi

Turkiya Ispaniya poytaxti Madriddagi bir binoda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar uchun ta’ziya izhor etdi.

1567958
Turkiya ispan xalqi va hukumatiga ta’ziya izhor etdi

Turkiya Ispaniya poytaxti Madriddagi bir binoda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar uchun ta’ziya izhor etdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, poytaxt Madriddagi portlash oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar qayd etilganidan chuqur qayg‘uda ekani ifoda etildi.

Bayonotda,

“Ispaniya xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz. Halok bo‘lganlar uchun ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tilaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Madridda mahalliy vaqt bilan soat 15:00 (Turkiya vaqti bilan soat 17:00) chog‘larida shahar markazidagi binolardan birida gaz oqishi oqibatida yuz bergan portlashda 3 kishining halok bo‘lgani, 10 kishining esa tan jarohati olgani ma’lum qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #Ispaniya , #Madrid , #portlash

Aloqador xabarlar