Prezident Erdo‘g‘an, rivojlanishda tilning o‘rniga e'tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Madaniyat va turizm vazirligi 2019 - 2020 maxsus mukofatlar marosimida turk tilining ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

1567926
Prezident Erdo‘g‘an, rivojlanishda tilning o‘rniga e'tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, “Agar bizning bir millat sifatida madaniyatimizni rivojlantirish niyatimiz bo‘lsa unda uni eng avvalo, turkchadan boshlashimiz kerak”. -  dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Madaniyat va turizm vazirligi 2019 - 2020 maxsus mukofatlar marosimida turk tilining ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

“O‘z tilini himoya qilmagan, tilini boyitmagan millatlar, ildizi qurigan daraxtlardek esgan shamollar oldida yiqila boshlaydi”. - degan Erdo‘g‘an,

“Bir necha tarmoqdagi muammolarning asl sababi tildir. Shunday ekan tilimizga munosib ravishda e’tibor bermasak unda boshqa masalalarda ham ilgarilay olmaymiz”. - deb ogohlantirar ekan o‘z so‘zini,

“Agar bizning bir millat sifatida madaniyatimizni rivojlantirish niyatimiz bo‘lsa unda uni eng avvalo, turkchadan boshlashimiz kerak”. -  deya tamomladi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo‘g‘an , #turk tili , #til

Aloqador xabarlar