Erdo'g'an:“Buyuk va qudratli Turkiya uchun kurashdan to'xtamaymiz!"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Adolat va taraqqiyot partiyasining shahar kengashi majlisiga videoaloqa shaklida ishtirok etdi.

1568408

“Buyuk va qudratli Turkiyani qayta tiklashni tamomlagunimizga qadar to’xtamaymiz!”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an.

“O’tgan bir yil global xatar – koronavirus pandemiyasining oqibatlariga qarshi kurashish bilan o’tgan bo’lsa-da, investitsiya va byudjet faoliyatlarida o’ta muhim natijalarga erishdik. Umid qilamanki, 2021 yil shaxdam qadamlar bilan bundan-da yirik tashabbuslarga qo’l uramiz!”,-deb ilova qilgan Turkiya prezidenti majlisda so’zlagan nutqida.

Erdo’g’an: “Infratuzilmadan, to mudofaa sanoatigacha bo’lgan qator sohalarda ko’zlagan maqsadlarimizga erisha oladigan darajaga yetib keldik. Men bunga ishonaman. Oxirgi 18 yilda insho etgan mustahkam poydevor bilan, shuningdek siyosiy qudratimiz bilan mamlakatimizni yangi global tartibda loyiq bo’lgan martabaga ko’taramiz”,-dedi.

Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar