Chelik: "Hurmatli Prezidentimiz yig‘ilishimiz ortidan vaksina qabul qiladi”.

Adolat va taraqqiyot partiyasining Markaziy qaror va ijroiya qo‘mitasi Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish uyushtirdi.

1563853
Chelik: "Hurmatli Prezidentimiz yig‘ilishimiz ortidan vaksina qabul qiladi”.

Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning partiyaning markaziy ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi ortidan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi emlanishini ma’lum qildi.  

Adolat va taraqqiyot partiyasining Markaziy qaror va ijroiya qo‘mitasi Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish uyushtirdi.

O‘mer Chelik Prezident Erdo‘g‘anning emlanishini belgilab o‘tgan holda,

“Vaksina ustidan kerakli faoliyatlar boshlatildi. Yurttoshlarimizni pandemiyadan himoya qilish faoliyatlari shaffof ravishda, xalqimizning har biriga yetab boradigan darajada davom ettiriladi. Yetakchilik va rag‘batlantirish uchun Hurmatli Prezidentimiz yig‘ilishimiz ortidan vaksina qabul qiladi”.- degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chelik shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi kongress bosqini haqida esa,

“Senatga bosqin uyushtirilishi, zo‘rovonlikka qo‘l urish, tanlangan prezidentning o‘z vazifasini boshlashiga to‘siqlik qilish norasmiydir. Tinchlik o‘rnatilishiga qaramay favqulodda vaziyat mavjud. Umid qilamizki yangi prezidentning o‘z vazifasini boshlashi tinch - totuv yo‘llarda amalga oshadi”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar