Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi

Uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘da iqtisodiy aloqalar va infratuzilmaviy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama guruhni tashkil etish haqidagi bayonot tafsilotlari muhokama qilindi.

1563310
Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha Islomobodda Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Kurayshi tomonidan vazirlar sharafiga berilgan rasmiy ziyofatda ishtirok etdi.

Chavusho’g’li ziyofatdan so’ng, Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan o’zaro uchrashuv amalga oshirdi. Bo’lib o’tgan uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘da iqtisodiy aloqalar va infratuzilmaviy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama guruhni tashkil etish haqidagi bayonot tafsilotlari muhokama qilindi.

“Tog‘li Qorabog‘da tinchlik o’rnatishda Ozarbayjonlik qardoshlarimizga yordamimiz davom etadi”,-deb ma’lum qiladi Mavlud Chavusho’g’li.


Tanlangan kalimalar: #Jayxun Bayramov , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar