Mavlud Chavusho’g’li Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya-Pokiston o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi.

1562937
Mavlud Chavusho’g’li Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
cavusoglu-mahmud tmv pakistan.jpg

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Kurayshi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya-Pokiston o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi.

Ikki mamlakat o’zaro aloqalarni yuqori bosqichga ko’tarish uchun xalqaro masalalarda o’zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan qo’shma strategik reja asosida harakat qilishga kelishib oldi.

Vazirlar shuningdek, dunyoda tobora avj olib borayotgan islomofobiya bo’yicha xavotirini tilga oldi, shu bilan birga islom qadriyatlarini asrash bo’yicha mushtarak tashabbus ko’rsatilishiga e’tibor qaratdi.

Pokiston tashqi ishlar vaziri Shox Mahmud Kurayshi Kashmir masalasida ko’rsatilgan yordamlar uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Vazirlar uchrashuvidan so’ng, hay’atlararo yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilish yakuniga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li va Pokiston xalq ta’limi vaziri Shavkat Mahmud tomonidan Turkiya Maorif fondining statusi va faoliyatlari bo’yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatga binoan, Turkiya Maorif fondining statusi xalqaro nodavlat tashkilotidan davlat rasmiy tashkiloti statusiga o’tdi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar