Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Pokistonga tashrif buyurdi

Pokiston prezidenti Orif Alvi Jinnah saroyida o’tkazilgan tantanali tadbirda Mavlud Chavusho’g’liga “Xilol-i Pokiston” nishonini taqdim etdi.

1562697
Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li Pokistonga tashrif buyurdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Pokistonga keldi.

Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida Pokiston prezidenti Orif Alvi tomonidan qabul qilindi.

Prezident Orif Alvi Jinnah saroyida o’tkazilgan tantanali tadbirda Mavlud Chavusho’g’liga “Xilol-i Pokiston” nishonini taqdim etdi.

Mavlud Chavusho’g’li ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Pokistonga tashrifi haqida shunday yozdi:

“Pokiston prezidenti Orif Alviga Prezidentimiz @RTErdogan’ning salomini va eng ezgu tilaklarini yetkazdik. Pokiston bizning ikkinchi vatanimizdir. Mukammal aloqalarimizni yana-da rivojlantiramiz. Xilol-i Pokiston nishoniga muyassar bo’lganimdan faxrlanaman. Yashasin Turkiya-Pokiston qardoshligi!”,- deb yozadi Mavlud Chavushog’li.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar