Erdo’g’an Yevropa davlatlarining Turkiyadagi elchilarini qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Chankaya ko’shkida Yevropa davlatlarining Turkiyadagi elchilarini qabul qildi. Prezident suhbat chog’ida Turkiya-Yevroittifoq munosabatlariga to’xtaldi.

1562203
Erdo’g’an Yevropa davlatlarining Turkiyadagi elchilarini qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Chankaya ko’shkida Yevropa davlatlarining Turkiyadagi elchilarini qabul qildi.

Erdo’g’an suhbat chog’ida Turkiya-Yevroittifoq munosabatlariga to’xtaldi.

“Salbiy o'zgarishlar azaliy munosabatlarimizga putur yetkizar ekan, ikkinchi tomondan Yevroittifoqning mintaqavaviy va global miqyosdagi qudratini tobora zayiflatib bormoqda. Sharqiy O’rta yer dengizi mintaqasini raqabat maydoni holatidan chiqarib, uzoq muddatli o’zaro manfaatlarimizga xizmat qiluvchi yangi hamkorliklarning markazi holatiga olib kelishimiz kerak”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

“Ayniqsa, Gretsiyani munosabatlarni taranglashtiruvchi faoliyatlarini to’xtatishga chaqiramiz”, deb aytgan prezident Erdo’g’an, "Gretsiya bilan Turkiya orasida O’rta yer dengizidagi hamkorlik faoliyatlari munosabatlarda yangi sahifa ochadi degan umiddamiz",-dedi.

Oxirgi paytlarda Yevroittifoq Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bilan deyarli hech qanday aloqa o'rnatmaganligiga e'tibor jalb etgan prezident Erdo’g’an quyidagilarni qo’shimcha qildi:

“Yevropa ittifoqi Kipr masalasini hal qilish yo’lida qanday ijobiy ro’l o’ynay olishi mumkin. Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o’rin olmagan har qanday mavzu, O’rta yer dengizida tinchlik o’rnatilishiga zamin yaratmaydi. Buni hamma tushinib yetdi. Kipr orolida bugunga qadar muvaffaqiyatli bo’lmagan tashabbuslarni kun tartibiga olish o’rniga, yangi va tomonlarning manfaatini ko'zlovchi metodlarni qo’llanishimiz kerak”.

O’z navbatida, Yevropada hukmron bo’layotgan islomofobik tashabbuslarlarga to’xtalib o’tgan Erdo’g’an: “Islom dushmanligi, Yevropa ittifoqida yashayotgan 6 million musulmon turkning xavfsizligiga tahdid solishi bilan bir qatorda, Yevropa qadriyatlariga ham putir yetkizmoqda”, deb aytdi.

Erdo’g’an Turkiya-Yevroittifoq munosabatlari haqida shunday dedi:

"Biz Turkiya Respublikasi qatorida, Yevropa ittifoqi bilan uzoq muddatli o’zaro rejalarni tuzish va munosabatlarimizni qaytadan iziga tushirishga tayyormiz. Ayniqsa, 60 yildan buyon Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishga harakat qilayotgan bo’lsak, ittifoq ham o’zaro kelajagimizning ravnaqi yo’lida Turkiyani to’la a’zo qilib qabul qilishi kerak. Britaniyaning ittifoqdan chiqib ketishidan so’ng yuzaga kelgan tanglik, faqatgina Turkiyaning Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lishi bilan yechiladi”.

Shu bilan birga Boj ittifoqi shartnomasining ham yangilanishi kerakligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “Yangi shartnoma immigratsiya mavzusidagi haqiqatlarni o’z ichiga qamrovchi va o’zaro aloqalarimizda ishonchli bo’ladigan va munosabatlarni rivojlantiradigan saviyada bo’lishi kerak”, dedi.

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda NATO a’zosi bo’lgan davlatga ko’mak berganligini eslatib o’tgan Erdo’g’an: “Ammo, nima uchun NATO a’zosi bo’lgan davlatlar, bizga ko’mak bermayabdi?”, dedi.

Prezident Erdo’g’an Covid-19 pandemiyasi haqida: “Turkiyada insonlarda sinalish bosqichiga kelgan vaktsinamiz, tegishli bosqichlardan so’ng xalqimizga va butun dunyoga tarqatiladi” deb aytdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar