Turkiyada koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

Prezidentning ta’kidlashicha, mamlakatda koronavirusga qarshi emlash 14 yoki 15 yanvar kunlari boshlanadi. O’tgan hafta Xitoydan Turkiyaga 3 mln doza vaksina olib kelindi.

1561623
Turkiyada koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi emlash boshlanadi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng matbuotga bergan brifingda ma’lum qilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, mamlakatda koronavirusga qarshi emlash 14 yoki 15 yanvar kunlari boshlanadi. O’tgan hafta Xitoydan Turkiyaga 3 mln doza vaksina olib kelindi. Vaksinaning 14 kunlik sinov bosqichi yakunlangach, reja asosida payshanba yoki juma kuni emlash boshlanadi.

“Koronavirus tarqalishi va kasallanganlar soni ma’lum bir miqdorda pasaya boshlashi bilan karantin cheklovlarini asta-sekin yumshata boshlaymiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar