Vazirlar kengashi Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ildi

Vazirlar kengashi Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ildi.

1561467
Vazirlar kengashi Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ildi

Vazirlar kengashi Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ildi.

Vazirlar kengashi 2021 - yilning birinchi yig‘ilishini tig‘iz kun tartibi bilan boshlaydi.

Koronavirusga qarshi kurash asosida bugungacha ko‘rilgan chora va tadbirlarning raqamlarga aks etishi tahlil qilinadi.

Yangi chora va tadbirlarning ko‘rilib - ko‘rilmasligi masalasi qo‘lga olinadi. Vaksina taqvimi va uni yurtga olib kelinishidagi oxirgi vaziyat baholanadi.

Iqtisodiyot tarmog‘i, terrorga qarshi kurash amaliyotlaridagi oxirgi vaziyat va mintaqaviy holatlar ham vazirlar kengashi kun tartibida o‘rin oladi.

Tashqi siyosat tarmog‘idagi G‘arb davlatlari bilan bo‘lgan munosabatning oxirgi vaziyati muhokama qilinadi.

Yanvar oyining oxirida o‘tkazilishi kutilgan Turkiya - Yevropa ittifoqi sammitining tayyorgarliklari ham chetda qolmaydi.

Yig‘ilishda shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) da o‘z vazifasini boshlash arafasida turgan yangi yetakchilik bilan munosabatlar qo‘lga olinadi.



Aloqador xabarlar