Turkiya Qozog‘istondagi saylovning tinch va totuv o‘tganidan xursand

Turkiya Qozog‘istonda kecha bo‘lib o‘tgan saylovning tinch va totuv o‘tganidan xursandligini bildirdi.

1561159
Turkiya Qozog‘istondagi saylovning tinch va totuv o‘tganidan xursand

Turkiya Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan parlamentning quyi palatasi majlis va mahalliy vakillik organlari deputatlarini aniqlab olish uchun uyushtirilgan navbatdagi saylovlarning tinch va totuv tamomlanganidan xursandligini ma’lum qildi.

Tashqi Ishlar vazirligi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan saylovlar haqida yozma ravishda bayonot chop etdi.

Unda, Qozog‘istonda uyushtirilgan parlamentning quyi palatasi majlis va mahalliy vakillik organlari deputatlarini aniqlab olishdagi navbatdagi saylovning tinch va totuv tamomlanganidan xursand bo‘lingani ifoda etilgan holda,

“Saylov natijalarining do‘st va qardosh qozoq xalqi uchun xayrli bo‘lishini tilaymiz. Bu yil mustaqilligining 30 - yilligini nishonlayotgan qardosh Qozog‘iston bilan strategik hamkorligimizning kelasi davrda yana - da rivojlanishiga ishonchimiz komil”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qozog‘iston , #saylov

Aloqador xabarlar