Chavusho‘g‘lu, Kiprdagi muammoni hal qilish yo‘llariga e’tibor qaratdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘lu bilan uchrashuv o‘tkazgach ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1561408
Chavusho‘g‘lu, Kiprdagi muammoni hal qilish yo‘llariga e’tibor qaratdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Kiprda mustaqil tenglikning muzokara qilinishi va muammoning ikki davlat asosida hal bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Tashqi Ishlar vaziri Tahsin Ertug‘rulo‘g‘lu bilan poytaxt Anqarada uchrashuv o‘tkazgach ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.  

Unda Chavusho‘g‘lu Kipr muammosi haqida,

“Mustaqil tenglik muzokara qilinishi va (muammoning) ikki davlat asosida hal bo‘lishi lozim”. -  degan ifodalarga o‘rin berdi.

Muammoni hal qilish yo‘llarini izlashtirish uchun Gretsiyani uchrashuvga chaqirgan Chavusho‘g‘lu, birinchi yig‘ilishni yanvar oyda o‘tkazish taklifini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

ShKTR Tashqi Ishlar vaziri Ertug‘rulo‘g‘lu esa,

“(Kipr masalasida) Jamiyatlararo muzokara jarayoni tugadi. Federatsiyani muhokama qilishning iloji yo‘q”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar