Erdo’g’an AQShda sodir bo'lgan tartibsizliklarga munosabat bildirdi

“Gapga kelganda go'yo “demokratiyaning beshigi” bo’lgan AQSh ushbu nizolar tufayli butun insoniyatni shok qildi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

1560058
Erdo’g’an AQShda sodir bo'lgan tartibsizliklarga munosabat bildirdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShda kongress binosiga sodir etilgan bosqin butun dunyoni larzaga solganligini ma’lum qildi.

“Gapga kelganda go'yo “demokratiyaning beshigi” bo’lgan AQSh ushbu nizolar tufayli butun insoniyatni shok qildi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Prezidentning ta’kidlashicha, AQSh 2013 yili Turkiyada sodir bo’lgan voqealar va 2016 yildagi 15 iyul voqealariga nisbatan loqayd bo’lgandi.

“O’sha davrda AQSh ma’muriyatida demokratlar bor edi. Demokratlar qanday bo’lsa, respublikachilar ham shundayligini ko’rdik. Umid qilamanki, 20 yanvardan boshlab Jo Baydenning innauguratsiya marosimi sokinlik bilan o’tkaziladi”,-dedi Erdo’g’an.

Bundan keyingi jarayonda Bayden boshqaruvida AQSh tinchlikka erishishiga umid bildirgan Erdo’g’an: “Global xatar koronavirus pandemiyasi tarqalgan davrni boshimizdan o’tkazyabmiz. Bu davrni o’ta ehtiyotkorlik bilan boshqarish lozim. AQSh xalqaro aloqalar bo’yicha ham yangi davrga qadam bosishi kerak. AQShda yaqinlari koronavirusdan vafot etgan oilalarga sabr tilayman. Kasallanganlarning tezda sog’ayib ketishiga tilakdoshman!”,-dedi.

Eslatma: 6 yanvarda Tramp tarafdorlari Vashingtonda kongress binosiga bostirib kirishgan va tartibsizliklar sodir etishgan. Tartibsizliklar sababli kongress binosida saylov natijalarini tasdiqlash bo’yicha o’tkazilayotgan yig’ilish to’xtatilgan va yig’ilishni boshqarayotgan vitse-prezident Mayk Pens va Senatorlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingandi.

Politsiya kongress binosiga bostirib kirgan olomonni qalampir gazi bilan to’xtatishga uringan. Voqealar oqibatida 5 kishi halok bo’lgandi. Mamlakatda 15 kunlik favqulodda holat e’lon qilingandi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Rajap Tayyip Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar