Turkiya Turksat 5A yangi avlod sun’iy yo’ldoshini uchirdi

Turkiyaning Turksat 5A yangi sun’iy yo’ldoshi Floridadagi kosmodromdan Turkiya vaqti bilan soat 05:15da start olgan. Turksat 5A AQShning SpaceX kompaniyasiga oid Falcon 9 raketasida orbitaga chiqardi.

1559803

“Turksat 5A yangi avlod sun’iy yo’ldoshimizdan parvozdan 35 daqiqa o’tgach, signal oldik. Sun’iy yo’ldoshimiz parvozini davom ettirmoqda. Bu parvoz 4 oy davom etadi”,-deb ma’lum qilgan Turkiya transport va poydevor vaziri Odil Karaismailog’li.

Kelgusida navbat bilan 5B va 6A sun’iy yo’doshlari uchirilishini ma’lum qilgan Karaismailog’li: “Hozirda sinovdan o’tkazilayotgan Turksat 5B sun’iy yo’ldoshimizni iyun oyida uchirishi rejalashtiryabmiz”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, mahalliy va milliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarilgan Turksat 6A 2022 yil boshida uchirilishi rejalanmoqda.

Turksat 5A orbitadagi frekans va orbita huquqini 30 yil mobaynida kafolat ostiga oladi.

Shuningdek, 31 daraja sharqiy orbitada Turkiya, Yevropa, Yaqin sharq, Shimoliy Afrika, O’rta g’arbiy Afrika, Janubiy Afrika, O’rta yer dengizi, Egey dengizi va Qora dengizni qamrab olgan mintaqada teleradio eshittirishlar va axborot yetkazish bo’yicha xizmat beradi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turksat 5A

Aloqador xabarlar