Mustafa Shentop, AQShdagi voqea ustidan tomonlarni tinchlikka chaqirdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop, AQShdagi voqea ustidan tomonlarni tinchlikka chaqirdi.

1558940
Mustafa Shentop, AQShdagi voqea ustidan tomonlarni tinchlikka chaqirdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi (AQSh) voqealarni katta tashvish bilan kuzatganliklari, tomonlarni eng avvalo tinchlikka chaqirganini qayd etdi.  

Shentop ijtimoiy hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, AQShdagi prezidentlik saylovlari ortidan yuz bergan va kecha namoyishchilarning kongress binosiga kirishlarigacha borgan vaziyatlarni baholadi.

Mustafa Shentop bu haqida,

“AQShdagi voqealarni tashvish bilan kuzatib, tomonlarni eng avvalo tinchlikka chaqiramiz. Muammolarning har doim huquq va demokratiya asosida hal qilinishiga ishonchim komil. Turkiya sifatida har doim huquq va demokratiya tarafdori bo‘ldik. Hammaga ham shuni tavsiya qilamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  



Aloqador xabarlar