Edi Rama:"Turkiya va Albaniya munosabatlarida yangi sahifa ochiladi"

Turkiyaga tashrif buyurgan Albaniya bosh vaziri Edi Rama va Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi.

1559199
Edi Rama:"Turkiya va Albaniya munosabatlarida yangi sahifa ochiladi"

 

 Albaniya bosh vaziri Edi Rama kecha, 6 yanvar kuni Turkiyaga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan Anqaradagi prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimdan so'ng Erdo'g'an va Edi Rama o'zaro uchrashuv amalga oshirdi. So’ngra prezident Erdo'g'an va Edi Rama raisligida hay'atlararo muzokaralar o'tkazildi.

Muzokaralarda Turkiya va Albaniya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ko'zdan kechirildi va ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish bo'yicha yangi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama va Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an uchrashuv va muzokaralardan so'ng qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi.

Erdo’g’an Albaniya bilan mavjud iqtisodiy hamkorlikni yuqori bosqichga ko’tarish ko’zda tutilganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Albaniyada infratuzilma va turizm sohasida investitsiyaviy faoliyatlar rejalashtirilganligini ta’kidladi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiyaning tashabbusi bilan Albaniyada yirik shifoxona insho etiladi. Qolaversa, Albaniyada Maorif fondi nazoratiga o’tkazilgan universitetni xuddi Istanbul texnik univetsiteti kabi rivojlantirish rejalanmoqda.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama esa, “Janob Erdo’g’an bilan bo’lgan uchrashuvimizda ikki davlat o’rtasidagi aloqalarda yangi sahifa ochish yo’lida qat’iy iroda borligini guvohi bo’ldim”,-dedi.

Edi Rama Albaniyada ro’y bergan zilzila talofatlarini bartaraf etishda yordamini ayamagan turk xalqiga minnatdorlik bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Edi Rama , #Albaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar