Erdo‘g‘an: “Anado‘lu tuproqlari, san’at yaratish uchun katta imkondir”.

Prezident Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Prezidentlik apparati Madaniyat va san’at buyuk mukofatlari marosimida ishtirok etdi.

1554839
Erdo‘g‘an: “Anado‘lu tuproqlari, san’at yaratish uchun katta imkondir”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Anado‘lu tuproqlarining, san’at yaratish uchun katta imkon ekanini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida uyushtirilgan Prezidentlik apparati Madaniyat va san’at buyuk mukofatlari marosimida ishtirok etdi.

Unda so‘zlagan nutqida, mukofatlarini taqdim etadigan ilm - fan, madaniyat va san’at arboblarini chin ko‘ngildan tabrikladi.

Bu haqida shuningdek,

“Prezidentlik apparati Madaniyat va san’at buyuk mukofatlarini, yurtimizda san’atning cho‘qqilarga olib chiqilishiga hissa qo‘shganlarga minnatdorchiligimizni izhor etish uchun taqdim etmoqdamiz”. - dedi.

“Biz ustida yashagan bu tuproqlar, shu barakali Anado‘lu, san’at yaratish uchun katta imkondir”. - degan Erdo‘g‘an, Anado‘luga oid bo‘lishiga qaramay dunyo muzeylarini to‘ldirgan asarlarning, bu tuproqlarning qanchalik keng san’at merosiga ega ekanini ko‘rsatish uchun yetarli ekanini ta’kidladi.  

San’atkorlarga murojaat qilgan Erdo‘g‘an,

“Bu xalq estetik jihatdan kullaridan qayta tirilish, g‘oyib bo‘lgan hazinasiga takror qovushish uchun sizni kutib qoladi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ortidan, Prezidentlik apparati Madaniyat va san’at buyuk mukofatlariga sazovor deb topilgan san’atkorlarga mukofatlari taqdim etildi.  



Aloqador xabarlar