Chavusho‘g‘lu: AQSh, CAATSA sanksiyalari ustidan mushtarak ishchi guruhi tuzishni taklif qildi

Mevlut Chavusho‘g‘lu 2020 - yilgi tashqi siyosatni baholash uchun uyushtirilgan yig‘ilishda AQShning sanksiyalari, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Turkiya - Yevropa ittifoqi munosabatlari haqida so‘z qildi.

1554584
Chavusho‘g‘lu: AQSh, CAATSA sanksiyalari ustidan mushtarak ishchi guruhi tuzishni taklif qildi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luning qayd etishicha Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh), Turkiyaga nisbatan yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan CAATSA (Amerikaning dushmanlariga qarshi sanksiyalar vosita orqali kurashish to‘g‘risidagi qonuni) sanksiyalari ustidan mushtarak ishchi guruhi tashkil etishni taklif qilgan.

Mevlut Chavusho‘g‘lu bu haqida, 2020 - yilgi tashqi siyosatni baholash uchun uyushtirilgan yig‘ilishda so‘z qildi.  

Unda AQShning, Rossiyadan S - 400 zenit raketa tizimi xarid qilib olgani uchun Turkiyaga nisbatan kiritishni ko‘zda tutgan sanksiya haqidagi qaroriga to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu, AQShning ushbu sanksiyalar ustidan mushtarak ishchi guruhi tashkil etishni taklif qilganini bildirdi.

“2020 - yili ham diplomatiyaga alohida e’tibor berdik lekin muammoni hal qilish imkonsiz tus olgan nuqtada sohaga o‘tdik. Takror muloqat va diplomatiyaning yo‘lini ochdik”. - degan Chavusho‘g‘lu:

“(Sharqiy O‘rta yer dengizida) Bizga qaramay hech nimani qilish mumkin emasligini hammaga namoyon etdik. Nimalarga qodir ekanimizni do‘st ham, dushman ham ko‘rdi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya - Yevropa ittifoqi (YI) munosabatlariga ham to‘talgan Chavusho‘g‘lu,

“Kelasi yili Yevropa ittifoqi bilan munosabatlarimizni yana - da ijobiy muhitda yuritilishi uchun biz tayyormiz. Ittifoqning ham tayyor bo‘lishini kutamiz”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar