Ashxobodda TDTning Oqsoqollar kengashi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda

Kengash yig'ilishida tashkilotning asosiy a'zosi Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston hamda kuzatuvchi davlat Vengriya delegatsiyalari ishtirok etmoqda.

2114178
Ashxobodda TDTning Oqsoqollar kengashi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda

 

Bugun, 12-mart kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotining Oqsoqollar kengashi yig‘ilishi o'z ishini boshladi.

TDTga a'zo mamlakatlar oqsoqollari (maslahatchilari) ishtirok etayotgan yigʻilishda Turkiya nomidan Kengash rahbari Binali Yildirim ishtirok etmoqda.

Yig'ilishda avvalgi tadbirlarda olingan qarorlar ijrosi muhokama qilinadi va a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni oshirish yo'llari qidiriladi.

Turkiy Davlatlar Tashkilotining Oqsoqollar kengashi shu bilan 15-marta uchrashuv o'tkazmoqda.

Ma'lumki, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov mehmonlarni oliy darajada kutib olish to‘g‘risida farmon chiqardi.

Mehmonlar sharafiga Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan rasmiy iftorlik dasturxoni yoziladi va Qur’oni Karim tilovat qilinadi.

Kengash yig'ilishida tashkilotning asosiy a'zosi Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston hamda kuzatuvchi davlat Vengriya delegatsiyalari ishtirok etmoqda.

Turkiy Davlatlar Tashkilotining Oqsoqollar kengashi yilda bir marta yig‘ilish o‘tkazib, tashkilot rahbarlariga taqdim etiladigan hisobotlarni tayyorlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston , #TDT

Aloqador xabarlar