Turkmanistonda TDT Oqsoqollar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

TDTga a'zo mamlakatlar oqsoqollari (maslahatchilari) ishtirok etadigan yigʻilishda Turkiya nomidan Kengash rahbari Binali Yildirim ishtirok etadi.

2113714
Turkmanistonda TDT Oqsoqollar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

 

Ertaga, 12-mart kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotining Oqsoqollar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

TDTga a'zo mamlakatlar oqsoqollari (maslahatchilari) ishtirok etadigan yigʻilishda Turkiya nomidan Kengash rahbari Binali Yildirim ishtirok etadi.

Yig'ilishda avvalgi tadbirlarda olingan qarorlar ijrosi muhokama qilinadi va a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni oshirish yo'llari izlanadi.

Turkiy Davlatlar Tashkilotining Oqsoqollar kengashi shu bilan 15-marta uchrashuv o'tkazmoqda.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov mehmonlarni oliy darajada kutib olish to‘g‘risida farmon chiqardi.

Mehmonlar sharafiga Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan rasmiy iftorlik dasturxoni yoziladi va Qur’oni Karim tilovat qilinadi.

Kengash yig'ilishida tashkilotning asosiy a'zosi Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va O'zbekiston hamda kuzatuvchi davlat Vengriya delegatsiyalari ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston , #TDT

Aloqador xabarlar