Ozarbayjon bilan Armaniston chegarani aniqlash uchun yig‘ilish o‘tkazdi

Ozarbayjon Bosh vazir o‘rinbosari Shahin Mustafayev bilan Armaniston Bosh vazir o‘rinbosari Mher Grigoryan boshchiligidagi chegarani aniqlash komissiyasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2112923
Ozarbayjon bilan Armaniston chegarani aniqlash uchun yig‘ilish o‘tkazdi

Ozarbayjon va Armaniston bosh vazir o‘rinbosarlari rahbarligidagi chegarani aniqlash komissiyalari, ikki davlat chegarasida yig‘ilish o‘tkazdi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, ikki davlat chegarasida Ozarbayjon Bosh vazir o‘rinbosari Shahin Mustafayev bilan Armaniston Bosh vazir o‘rinbosari Mher Grigoryan boshchiligidagi chegarani aniqlash komissiyasining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar, komissiyalarning birga olib boruvchi faoliyati to‘g‘risidagi nizom loyihasi bilan chegaralarni aniqlash ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar loyihasini muhokama qildi.

Yig‘ilishda, eng qisqa vaqtda komissiyalarning birga olib boruvchi faoliyati to‘g‘risidagi nizom loyihasi ustida kelishib olinishi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar