Bayramov bilan Mirzoyan tinchlik kelishuvi muzokaralari doirasida uchrashuv o‘tkazadi

Bayramov bilan Mirzoyan Germaniya poytaxti Berlinda, tinchlik kelishuvi muzokaralari doirasida uchrashuv o‘tkazadi.

2108493
Bayramov bilan Mirzoyan tinchlik kelishuvi muzokaralari doirasida uchrashuv o‘tkazadi

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Ararat Mirzoyanning Germaniya poytaxti Berlinda tinchlik kelishuvi muzokaralari doirasida uchrashishi xabar qilindi.

Germaniya Tashqi Ishlar vazirligi rasmiylaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Bayramov bilan Mirzoyan, Germaniya Tashqi Ishlar vaziri Annalena Baerbock bilan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.

Baerbock, Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mehmon uyi sifatida foydalanilgan Villa Borsigda avval Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Mirzoyan, keyin esa Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Bayramov bilan alohida – alohida uchrashadi.

Ushbu uchrashuvlar ortidan uch tomonlama yig‘ilish uyushtiriladi.

Bayramov bilan Mirzoyanning, Germaniyada bo‘lib o‘tgan 60 - Myunxen xavfsizlik konferensiyasida uchrashgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bergan ko‘rsatmalar asosida 28 - 29 fevral kunlari uchrashishi ma’lum bo‘lgandi.



Aloqador xabarlar