Aliyev:"Bu safargi saylov ozarbayjon xalqi uchun tarixiy ahamiyatga ega"

Qorabog‘ ramzi bo‘lgan Shushada, bir vaqtlar arman ishg'oli ostida bo'lgan Xonkendida, Xo‘jayli, Xo‘javand, Agdere, Agdam, Jabrayil, Fuzuli, Zangilonda Gubadli, Lochin va Kalbajardagi saylovchilar Ozarbayjon Prezidentini saylash uchun ovoz berdi.

2099639
Aliyev:"Bu safargi saylov ozarbayjon xalqi uchun tarixiy ahamiyatga ega"

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kecha boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovi ozarbayjon xalqi uchun alohida tarixiy ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Aliyev saylovni kuzatish uchun Ozarbayjonga tashrif buyurgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Bosh kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

Ozarbayjon Prezident Administratsiyasi bayonotiga ko'ra, Aliyev kechagi saylovlar birinchi marta butun mamlakat hududini qamrab olganiga e’tibor qaratib, barcha viloyatlarda, jumladan, Xonkendi, Shusha va boshqa viloyatlarda ham saylovlar o‘tkazilishi ozarbayjon xalqi uchun alohida tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Prezidentning ta'kidlashicha, majburiy ko’chmanchilarning bir qismi o’z ona vataniga qaytdi. "Buyuk Qaytish Dasturi” deb ta’riflangan bu jarayonning birinchi bosqichi 2026-yilda yakunlanadi.

Eslatma: 7 fevral kuni Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo'lib o'tdi.

Ozarbayjon Respublikasining amaldagi Prezidenti Ilhom Aliyev, vitse-prezident Mehribon Aliyeva va ularning oila a’zolari Qorabog‘ning Xonkendi shahridagi 122-sonli saylov okrugining 14-saylov uchastkasida ovoz berdi. Saylovda 7 nafar nomzod jumladan, Ilhom Aliyev, Elshod Musayev, Fozil Mustafo, Fuad Aliyev, Qudrat Husanquliyev, Rozi Nurillayev, Zohid O‘ruj bellashdi.

Arman bosqinidan ozod qilingan hududlarda ham saylov uchastkalari tashkil etildi va shu tariqa ilk bor Ozarbayjonning barcha yerlarida saylovlar oʻtkazildi.

Qorabog‘ning ramzi bo‘lgan Shushada, bir vaqtlar bo‘lginchi arman ma’muriyati tomonidan “poytaxt” sifatida e'lon qilingan Xonkendida, Xo‘jayli, Xo‘javand, Agdere, Agdam, Jabrayil, Fuzuli, Zangilonda Gubadli, Lochin va Kalbajardagi saylovchilar Ozarbayjon Prezidentini saylash uchun ovoz berdi.

4 million 971 ming saylovchi ovoz bergan saylovda davomat 76,73 foizni tashkil etgan bo'lib, unda amaldagi Prezident Ilhom Aliyev 92,1 foiz ovoz olib, g'alaba qozondi.



 


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar