Ozarbayjon Parijni mintaqada buzg‘unchi siyosat yuritganlikda aybladi

Bu haqda kecha, 1 fevral kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongni qabul qilish jarayonida aytib o‘tdi.

2096476
Ozarbayjon Parijni mintaqada buzg‘unchi siyosat yuritganlikda aybladi

 

Fransiya Kavkazda buzg‘unchi siyosat olib borib, olovga moy sepish tamoyili asosida ish tutmoqda.

Bu haqda kecha, 1 fevral kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongni qabul qilish jarayonida aytib o‘tdi.

Ozarbayjon rahbari Parijni mintaqadagi buzg‘unchi siyosat va geosiyosiy intrigalarda aybladi.

“Fransiya mintaqada buzg‘unchi siyosat olib borar ekan, olovga moy quyish tamoyilidan kelib chiqib, Armanistonni harbiylashtirish siyosatini olib bormoqda va geosiyosiy intrigalar tashabbuskori hisoblanadi”, deya ta’kidladi u.

Aliyevning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya Kavkazda o‘z hukmronligini o‘rnatishga intilmoqda.

“Fransiya Janubiy Kavkaz mintaqasida yetakchi mavqega ega bo‘lishni va o‘z ta’sirini kuchaytirishni istaydi, ammo bu urinishlar mutlaqo besamar”, degan u.

Shuningdek, Ilhom Aliyev Fransiyani turli xalqaro tashkilotlar va parlamentlar darajasida Ozarbayjonga qarshi siyosat olib borishda ham aybladi.

Eslatma: 2023 yilning 28 dekabr kuni Ozarbayjonning Parijdagi elchixonasi ikki xodimi Bakuning fransuz diplomatlariga nisbatan harakatlariga javoban persona non grata deb e'lonqilingandi va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Ozarbayjon-Fransiya munosabatlarining hozirgi holati eng yomon darajaga yetganini aytgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar