Ozarbayjon va Armaniston kafil davlatlarsiz bitim imzolaydi

Armaniston parlamentining Mudofaa va xavfsizlik bo'yicha doimiy qo‘mitasi raisi Andranik Kocharyan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning ikki davlat o‘rtasida vositachilarsiz tinchlik bitimini imzolash haqidagi taklifini yuqori baholadi.

2087866

"Bu biz uchun ham, ular uchun ham juda jozibali taklif, chunki biz bir-birimiz bilan gaplasha olishimiz kerak" deydi Andranik Kocharyan matbuotga bergan bayonotida.

Ilhom Aliyevning "kafillarga ehtiyoj yoʻq" degan soʻzlariga eʼtibor qaratgan Kocharyan, "Agar biz sulh bitimidan (2020 yil) bugungi voqelikni mustahkamlash uchun foydalansak ham, bu kafolat bo'ladi" dedi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘tgan kuni Armaniston bilan tinchlik bitimi uchun kafil davlatlarga ehtiyoj sezmasligini aytgandi.

Uning ta'kidlashicha, bu ikki mustaqil davlat imzolagan tinchlik shartnomasi boʻladi.

Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar