Hakan Fidan Bishkekda Japarov tomonidan qabul qilindi

Hakan Fidan, Qirg‘iz Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevning taklifiga binoan Qirg‘izistonda.

2086573
Hakan Fidan Bishkekda Japarov tomonidan qabul qilindi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kechadan beri rasmiy tashrif bilan poytaxt Bishkekda bo‘lgan Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanni qabul qildi.

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Fidan bilan bo‘lgan uchrashuvda Japarov Turkiya - Qirg‘iziston kun tartibidagi bir qator mavzulardan tashqari sog‘liqni saqlash, energetika, moliya sohalari va mintaqaviy xavfsizlik masalalari ustidan fikr almashdi.

Qabul chog‘ida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Qirg‘izistonga uyushtirishni rejalashtirgan rasmiy tashrifi va Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi qo‘lga olindi.

Japarov Qirg‘iziston bilan Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikning keng ko‘lamli sohalarda rivojlanishining ijobiy dinamikasini xursandchilik bilan qabul qilganini ta’kidladi.

Savdo va iqtisodiy hamkorlikka to‘xtalgan Japarov, Turkiya - Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyaning poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishining iqtisodiy kun tartibini qo‘llab - quvvatlash nuqtai nazaridan qanchalik muhim va ahamiyatli ekaniga e’tibor qaratdi.

Hakan Fidan Qirg‘iziston Prezidentiga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat rahbarlarining birgalikda olib borgan sa’y - harakatlari tufayli hamkorlik keng tus olgani va bu orqali muhim natijalarga erishilganini ifoda etdi.

Hakan Fidan Bishkekda majlis raisi Nurlanbek Shakiyev tomonidan ham qabul qilindi.

Qirg‘iziston Majlisi Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Shakiyev bilan Fidan o‘rtasidagi uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni oshirish hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari qo‘lga olindi.



Aloqador xabarlar