Qirg‘iziston Erondagi teraktlarni qoraladi

Qirg‘iziston kecha Eronda yuz bergan teraktlarni qoraladi.

2084431
Qirg‘iziston Erondagi teraktlarni qoraladi

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Eronning Kirmon shahrida sodir etilgan teraktlarni qoraladi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Prezident Japarov, Eronning Kerman shahrida sodir bo‘lgan terror hujumi munosabati bilan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyga ta’ziya izhor etish maqsadida telegramma yo‘lladi.

Qirg‘izistonning dunyo tinchligi va barqarorligiga tahdid solayotgan har qanday terrorizmni keskin qoralashini ta’kidlagan Prezident Japarov, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va qardosh Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Eronning Kerman shahrida Qosim Sulaymoniy vafotining 4 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan uni yodga olish marosimida yuz bergan portlashda 84 kishi jon berar ekan, 284 kishi tan jarohati oldi.

Eron Inqilobi muhofizlari korpusi al – Quds bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy bundan 3 yil muqaddam, 2020 - yilning 3 - yanvari kuni AQShning Bog‘doddagi hujumida o‘ldirilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qirg‘iziston , #Eron , #Sadir Japarov , #Kirmon , #terakt

Aloqador xabarlar