Qor qoploni Qirg‘iz Respublikasining milliy ramzi sifatida tan olindi

Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan va 12 ta davlatda noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan tur maqomiga ega

2082439
Qor qoploni Qirg‘iz Respublikasining milliy ramzi sifatida tan olindi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Qor qoplonini Qirg‘iz Respublikasining milliy ramzi sifatida tan olish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxatiga kiritilgan va 12 ta davlatda noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan tur maqomiga ega.

“Qor qoploni nafaqat tabiiy boylik va madaniy farovonlik ramzi, balki dunyo hududining uchdan bir qismini egallagan tog‘ ekotizimining barqarorligi va sog‘lig‘ining ko‘rsatkichidir. Yovvoyi tabiatdan qor qoplonlarining yo‘qolishi nozik ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bu esa turfa hayvonot turlari va odamlarga zararlidir”, - deyiladi xabarda.

Prezident Matbuot xizmati qadimgi qirg‘iz xalqi madaniyatida qor qoploni buyuklik, olijanoblik, jasorat, mardlik va chidamlilikni ifodalaganini qo‘shimcha qilgan.

Shu bois ham Japarov qarori bilan Vazirlar Mahkamasiga “Qirg‘iziston Respublikasida qor qoplonining milliy ramzi maqomini tan olish” hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha zarur chora - tadbirlar ko‘rishni topshirildi.

Shuningdek, hukumatga milliy ramzni ommalashtirish, logotip qo‘llash variantlarini ishlab chiqish, ramzdan milliy va xalqaro miqyosda foydalanish yo‘nalishlarini belgilash hamda milliy ramzning g‘oyaviy mazmunini belgilash bo‘yicha topshiriq berilgan.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar