Putin bilan Mirziyoyev erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
MDH norasmiy sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Kecha, 26 - dekabr kuni Sankt - Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra unda, joriy yilning 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Aloqador xabarlar
Moskvada O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari qo‘lga olindi
Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin Moskvada uchrashuv o‘tkazdi.
Turk kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarmoqchi
Cashm Barlas Toshkent viloyatida korxona tashkil etish uchun yer sotib olishni rejalashtirmoqda.