Yilmaz: O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hajmi 3,5 milliard dollarga yetdi

Jevdet Yilmaz poytaxt Anqarada uyushtirilgan Turkiya - O‘zbekiston biznes forumida nutq so‘zladi.

2081035
Yilmaz: O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hajmi 3,5 milliard dollarga yetdi

Vitse - prezident Jevdet Yilmaz, O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hajmi 3,5 milliard dollarga yetganini qayd etdi.

Yilmaz, savdo hajmi eng qisqa vaqtda 5 milliard dollarga yetishini bildirdi.

Jevdet Yilmaz poytaxt Anqarada uyushtirilgan Turkiya - O‘zbekiston biznes forumida nutq so‘zladi.

Turkiyaning O‘zbekistonga eng ko‘p eksport yo‘lga qo‘ygan davlatlar qatorida uchinchi, import bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni egallaganini ta’kidlagan Yilmaz, bu o‘rinlarni yanada yuqoriga olib chiqish niyatida ekanliklarini ifoda etdi.

Yilmaz, “O‘zbekiston bilan o‘zaro savdomiz 3,5 milliard dollarga yetdi, O‘zbekistondagi sarmoyalarimiz 1,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, 1700 dan ortiq firmamiz O‘zbekistonning turli mintaqalarida faoliyatini davom ettirmoqda”. - dedi.

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirganiga e’tibor qaratgan vitse – prezident:

“Xudo xohlasa biznes olamining ko‘magi bilan biz bu maqsadga imkon qadar tezroq erishamiz va yangi rejalar ustida ishlay boshlaymiz”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar