Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi bahsli chegara bo‘yicha kelishuvga borildi

Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmatining bayonotiga koʻra, chegarani aniqlash qoʻmitalari, 17-23 dekabr kunlari Tojikistonning Soʻgʻdiy viloyatining Boʻston shahrida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

2079999
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi  bahsli  chegara bo‘yicha kelishuvga borildi

 

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi bahsli 11,88 kilometrlik chegara uchastkasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmatining bayonotiga koʻra, chegarani aniqlash qoʻmitalari,

  17-23 dekabr kunlari Tojikistonning Soʻgʻdiy viloyatining Boʻston shahrida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Ishchi guruhlar Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining yana 11,88 kilometri bo‘yicha kelishuvga erishdi va bu borada protokol imzoladi.

Tomonlar kelasi hafta Qirg‘izistonda uchrashadi.

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi qariyb 970 kilometrlik chegaraning 503 kilometri haqida bahs

Bo’lmoqda edi. Ishchi guruhlar avvalroq chegaraning taxminan 240 kilometrlik bahsli qismi bo‘yicha kelishib olgan edi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kelishuv , #Tojikiston , #Qirg‘iziston

Aloqador xabarlar