Mirziyoyev: Qirg‘iziston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimdir

Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iz Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi.

2079875
Mirziyoyev: Qirg‘iziston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 - dekabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirgan Qirg‘iz Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi.

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra mazkur qabul chog‘ida O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Uchrashuv avvalida Tashqi Ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev Shavkat Mirziyoyevga, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

O‘zbekiston yetakchisi keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlik yuksak darajaga chiqqani va sermahsul tus olganini, shu jumladan parlamentlar, hukumatlar, hududlar, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar darajasidagi muloqot va almashinuvlar ancha faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Qabul chog‘ida shuningdek faol siyosiy muloqotni davom ettirish hamda ustuvor dastur va loyihalarni, shu jumladan “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishini jadallashtirish muhimligi alohida ta’kidlangan.



Aloqador xabarlar