Qozog‘iston bilan Turkmaniston transport sohasidagi hamkorligini davom ettiradi

«Xitoy - Qozog‘iston – Turkmaniston - Eron» yo‘lagini birgalikda rivojlantirish haqida qaror qabul qilindi.

2071063
Qozog‘iston bilan Turkmaniston transport sohasidagi hamkorligini davom ettiradi

Ostona bilan Ashxobod, «Xitoy - Qozog‘iston – Turkmaniston - Eron» yo‘lagini birgalikda rivojlantirish haqida qaror qabul qildi.

Qozog‘iston Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra mazkur kelishuvga Ashxobodda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston - Turkmaniston qo‘shma ishchi guruhining transport, tranzit va logistikani rivojlantirish bo‘yicha birinchi yig‘ilishida erishilgan.

Qozog‘iston Transport vaziri o‘rinbosari Talgat Lastayev bilan Turkmaniston Vazirlar kengashiga qarashli Transport va aloqa agentligi Bosh direktori o‘rinbosari Batir Annayev rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda, transport masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruh temir yo‘l transporti sohasida moslashuvchan va raqobatchi narx siyosatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan qo‘shma faoliyatning ijobiy natijalariga to‘xtalib, ayni yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish haqida qaror qabul qildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha ikki muassasa o‘rtasida transport sohasida hamkorlik bo‘yicha protokol va memorandum imzolandi. Memorandumga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida temir yo‘l va dengiz transporti sohasidagi hamkorlik mustahkamlanadi. Ikki davlat hududida amalga oshiriladigan transport faoliyati uchun tegishli tariflar qabul qilinadi, axborot almashinuvi uchun infratuzilmani rivojlantirish va raqamli yechimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma chora - tadbirlar ko‘riladi.

Sentabr oyida Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev, Qozog‘istonning mintaqaviy markazga aylanish uchun barcha resurs – infratuzilma va logistika - mavjudligini qayd etgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Turkmaniston , #transport

Aloqador xabarlar