Olmaota shahridagi hostel binosida yong‘in chiqdi

Olmaota shahridagi hostel binosida yong‘in chiqdi va oqibati 13 (o‘n uch) kishi umriga zomin bo‘ldi.

2070954
Olmaota shahridagi hostel binosida yong‘in chiqdi

Qozog‘istonning Olmaota shahrining Adi Sharipov ko‘chasida joylashgan hostel binosida yong‘in chiqdi. Oqibati 13 (o‘n uch) kishi umriga zomin bo‘ldi.

Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra yong‘in, Olmaotada yerto‘la va birinchi qavati hostel sifatida foydalanilgan 3 qavatli binoda kelib chiqqan va unda 13 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar karbon monoksit (is gazi)dan zaharlanish oqibatida vafot etgan bo‘lishi mumkin. 

Marhumlarning shaxsi aniqlangani va sud - tibbiy ekspertizasi boshlangani ma’lum qilindi.

Voqea chog‘ida hostelda 72 kishi bo‘lgan va ularning aksariyati evakuatsiya qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Olmaota , #yong‘in

Aloqador xabarlar