Ozarbayjonda TDT Yoshlar va sport vazirlarining VII yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Uchrashuvda tomonlar Turkiy davlatlar tashkilotining yoshlar va sport sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qildilar.

2062577
Ozarbayjonda TDT Yoshlar va sport vazirlarining VII yigʻilishi boʻlib oʻtdi

 

Bugun, 9-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasining Baskal shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotining Yoshlar va sport masalalari boʻyicha masʼul vazirlarining VII yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar Turkiy davlatlar tashkilotining yoshlar va sport sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qildilar.

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Turkiy Davlatlar Tashkilotining Yoshlar va sport masalalari boʻyicha masʼul vazirlarining 7-yigʻilishi doirasida Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar va sport vaziri janob Farid Gayibov, Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vaziri Osman Ashkin Bak va Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar va sport ishlari vaziri Adham Ikromov bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi.


Tanlangan kalimalar: #TDT , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar