Turkiy davlatlar o'rtasida axborot agentliklari ittifoqi tashkil etildi

Turkiy davlatlarning axborot agentliklari o'zaro ittifoq tuzib, dezinformatsiya va soxta xabarlarga qarshi birgalikda kurashadi.

2061030
Turkiy davlatlar o'rtasida axborot agentliklari ittifoqi tashkil etildi

 

Turkiy davlatlarning axborot agentliklari o'zaro ittifoq tuzib, dezinformatsiya va soxta xabarlarga qarshi birgalikda kurashadi.

Bu haqda Turkiy Davlatlar Tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O’muraliyev ma'lum qildi.

Ma'lumki, shu kunlarda Istanbulda Turkiy Axborot Agentliklari Media sammiti bo'lib o'tmoqda.

Kubanichbek O’muraliyev sammit ochilishida so’zlagan nutqida, turkiy davlatlar o’rtasidagi hamkorlik mintaqa tinchligi va taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ma'lum qildi.

U shuningdek, Turkiy davlatlar o'rtasida axborot agentliklari ittifoqi tashkil etilishi bo'yicha qaror qabul qilinganini bildirdi.

“Ommaviy axborot vositalarida birlik va kelajakka qarash” mavzusida o'tkazilgan sammitda “Turk dunyosida jurnalistikaning yangi kun tartibi” va “Turk dunyosining kelajakka nazari: hamkorlikning yangi sohalari” nomli panellar o'tkaziladi. 

Sammit yakunida Anadolu agentligi (AA), Ozarbayjon Davlat axborot agentligi (AZERTAC), Qirgʻiziston Milliy axborot agentligi (Kabar), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) va Qozog‘iston (Qazcontent) o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar