Ostonada TDTning 10-sammiti o'z ishini boshladi

Sammitda TDTga a’zo davlatlar – Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etadi. Tadbirda TDT kuzatuvchi-davlatlari – Vengriya va Turkmaniston rahbarlari ham qatnashadi.

2059717
Ostonada TDTning 10-sammiti o'z ishini boshladi

 

Bugun, 3 noyabr kuni Ostona shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 10-sammiti bo‘lib o‘tadi.

Sammitda TDTga a’zo davlatlar – Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etadi. Tadbirda TDT kuzatuvchi-davlatlari – Vengriya va Turkmaniston rahbarlari ham qatnashadi. 

Tashkil etilganining 14 yilligini nishonlayotgan tashkilot bu safar “Turkiy davr” mavzusida yig'ilish o'tkazadi.

Mushtarak tarixiy va madaniy qadriyatlarga ega turkiy davlatlar guruhi bo'lgan Turkiy davlatlar tashkilot turk dunyosini integratsiya qilishni maqsad qilar ekan, iqtisodiyotdan siyosatga, madaniyatdan turizmga, ta'limdan sportgacha turli sohalarda a'zo davlatlar bilan hamkorlik asoslarini yaratish bo'yicha faoliyat olib boradi.

Mazkur sammitda Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an ham ishtirok etmoqda. Sammitning asosiy mavzusi “Turkiy davr” deb belgilandi.

Sammitda Tashkilotning gavjum kun tartibini muhokama qiladigan, yetakchilar qator muhim masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladigan, iqtisodiyot, savdo, transport va bojxona sohalarida TDT loyihalari bo'yicha turli kelishuvlar va rasmiy hujjatlar bo'yicha qaror qabul qiladigan yuqori darajadagi platforma yaratish maqsad qilingan.

Tashkilotga muddatli raislik O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tadi. Sammit dasturi yakunida davlat rahbarlari bir qator qarorlar bilan birga Ostona akti va Ostona deklaratsiyasini imzolaydilar.

Ma'lumki, Turkiy davlatlar tashkiloti 2009-yil 3-oktyabrda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida imzolangan Naxchivan kelishuvi asosida tashkil etilgan bo'lib, u 14 yilda taxminan 5 million kvadrat kilometr maydonni egallagan a'zo davlatlari bilan Turk dunyosining geosiyosiy mavqeini mustahkamlovchi xalqaro tashkilotga aylandi.

2021-yil 12-noyabr kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan 8-Davlat rahbarlari sammitida Turkiy kengash nomi “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb oʻzgartirildi. Turkmaniston, Vengriya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi TDTga “kuzatuvchi” sifatida kiritildi.

2019-yilda bo'lib o'tgan Baku sammitida Oʻzbekistonning ham tashkilotga ishtiroki bilan aʼzo davlatlar soni 5 taga yetdi.

Bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan TDT, kunimizda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT), Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Jahon bojxona tashkiloti kabi koʻplab xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. 

Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo'lgan dahshatli zilzilalardan so'ng 16-mart kuni Anqarada bo'lib o'tgan TDT favqulodda sammitida to'plangan davlat rahbarlari Turkiyaning yonida ekanligini samimiy ifoda etdilar.

Ushbu sammitdan keyin imzolangan Anqara deklaratsiyasida “falokatlarni boshqarish” mavzusi TDTning yangi hamkorlik sohalaridan biri sifatida belgilandi.


Tanlangan kalimalar: #Ostona , #TDT

Aloqador xabarlar