Baxtiyor Saidov TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi

“O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz",-deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining Telegram-kanalida.

2058231
Baxtiyor Saidov TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi

 

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 30 oktyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyevni qabul qildi.

“O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Janoblari bilan uchrashganimizdan mamnunmiz",-deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining Telegram-kanalida.

“Samarali muloqotimiz chog'ida mamlakatimiz va Tashkilotga a’zo barcha davlatlar o'rtasidagi samarali hamkorlik masalalarini muhokama qildik, O'zbekiston Prezidenti tomonidan TDT doirasida ilgari surilgan tashabbuslarning amalga oshirilishi, shuningdek, o'zaro hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini ko'rib chiqdik”,-deb ma’lum qiladi Baxtiyor Saidov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ilk bor 2022-yil 11-noyabrda bo'lib o'tgan tarixiy Samarqand sammitida TDT raisligini qabul qilgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Kubanichbek Omuraliyev , #TDT , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar