Toqayev Prezident Erdo‘g‘anni Respublika kuni munosabati bilan tabrikladi

Prezident Erdo‘g‘an, Qasim - Jo‘mart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

2057411
Toqayev Prezident Erdo‘g‘anni Respublika kuni munosabati bilan tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Qozog‘iston Prezidenti Qasim - Jo‘mart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan bayonotda, Qasim - Jo‘mart Toqayev Prezident Erdo‘g‘anni, Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 – yilligi munosabati bilan tabriklagan.

Ikkala lider shuningdek Isroil bilan Falastin oʻrtasidagi oxirgi vaziyat, Turkiyaning Gʻazoga insonparvarlik yordami yetkazib berish borasidagi saʼy - harakatlari va Isroilning inson huquqlarini poymol qilish masalasini qo‘lga olgan.

Prezident Erdo‘g‘an muloqot chog‘ida 3 - noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib o‘tuvchi sammitda, Isroilning xalqaro huquq paymollariga monelik qilish bosh bo‘lish bilan birga o‘q uzishni to‘xtatishni ta’minlash va to‘qnashuvlarning avj olishiga monelik qilish uchun tashlanishi kerak bo‘lgan qadamlar muhokama qilinishi zarurligini ifoda etdi.

Erdo‘g‘an, Qozog‘istonning Qarag‘andi viloyatida sodir bo‘lgan kon falokatida hayotdan ko‘z yumganlar uchun ham Toqayevga hamdardlik bildirdi.



Aloqador xabarlar