Aliyev: Turkiya Respublikasiga asos solinishi 20 - asrning eng muhim tarixiy voqealaridan biridir

Ilhom Aliyev, turk xalqini Turkiya Respublikasining 100 - yilligi munosabati bilan tabrikladi.

2057318
Aliyev: Turkiya Respublikasiga asos solinishi 20 - asrning eng muhim tarixiy voqealaridan biridir

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasining 100 - yilligini tabriklab:

“Qardoshligimiz va hamjihatligimiz xavfsizlik va barqarorlikning muhim unsuri, mintaqaviy hamkorlikning tayanchi va asosiy shartidir”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi munosabati bilan yozma murojaat e’lon qildi.

Aliyev unda, Turkiya Respublikasiga asos solinishi 20 - asrning eng muhim tarixiy voqealaridan biri ekanini taʼkidlab:

“Qardosh Turkiya, butun turk dunyosi kabi Ozarbayjon uchun ham alohida g‘urur va iftixor manbaidir”. - dedi.

Aliyev Turkiyaning kun oʻtgan sayin kuchayib borayotgan, jadal rivojlanayotgan va xalqaro platformada gapi oʻtgan qudratli davlatlardan biri ekanini ta’kidladi.

Ozarbayjon Prezidenti turk dunyosining birlashuvida qardosh Turkiyaning alohida rol o‘ynashini ta’kidlab:

“Turk dunyosi birligi va birdamligini mustahkamlashda Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning muhim xizmatlari bor”. - dedi.

Aliyev,

“Ozarbayjonning oʻz tuproqlarini Armaniston ishgʻolidan qutqarish uchun olib borgan 44 kunlik Vatan urushining birinchi soatlaridan soʻnggi daqiqalarigacha yonida boʻlgan turk xalqining, ayniqsa Prezident Erdoʻgʻanning qatʼiy munosabati va har tomonlama siyosiy hamda maʼnaviy qoʻllab - quvvatlashi birodarlikning haqiqiy namunasidir. Bu, ayni vaqtda Ozarbayjon bilan Turkiyaning birdamligini yana bir bor butun dunyoga yaqqol namoyon etdi. Biz bu yordamni hech qachon unutmaymiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ozarbayjon Prezidenti shuningdek:

“Birodarligimiz va hamjihatligimiz xavfsizlik va barqarorlikning muhim unsuri, mintaqaviy hamkorlikning tayanchi va asosiy shartidir. Hozirgi kunda mintaqada yurtimizning manfaatlari e’tiborga olinmay turib, hech qanday tashabbusni amalga oshirib bo‘lmaydi”. – dedi.

 

 



Aloqador xabarlar