Turkiy davlatlar notariuslar ittifoqi tashkil etilmoqda

Turkiy dunyo notariallari ittifoqini tashkil etish bo‘yicha Memorandum bugun, 5 oktyabr kuni Anqarada imzolanadi.

2046504
Turkiy davlatlar notariuslar ittifoqi tashkil etilmoqda

 

Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) besh a’zosi notarial tartib-qoidalarni osonlashtirish maqsadida Turkiy dunyo notariallari ittifoqini tuzmoqda. 

Adliya vazirligidagi manbalarga ko‘ra, ittifoqni tashkil etish bo‘yicha Memorandum 5 oktyabr kuni Anqarada imzolanadi. 

Turkiy davlatlar o‘rtasida ittifoq tashkil etilishi bilan notarial faoliyat sohasida ko‘plab hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi. 

TDT a’zolari o‘rtasida turkiy dunyoda amalga oshirilgan notarial harakatlarning tengligi ta’minlanadi, notarial qonunchilik va amaliyot bo‘yicha tajriba va ma’lumotlar almashiladi. 

Shu tariqa, turkiy davlatlar fuqarolari tomonidan amalga oshiriladigan notarial tartib-qoidalar yanada tezlashtiriladi va osonlashtiriladi. 

Marosimda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston adliya vazirlari hamda Qirg‘iziston adliya vaziri o‘rinbosari ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar