Qorabog‘dagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetdi

Qorabog‘dagi portlash oqibatida kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetdi.

2043498
Qorabog‘dagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetdi

Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatidagi Xankendi - Askeran yo‘lida joylashgan benzin omborida portlash sodir bo‘ldi va oqibatida halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetdi.

Armanistonning “Armenpress” rasmiy axborot agentligining Qorabog‘dagi arman vakillarga tayangan xabariga ko‘ra, tunov kuni sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 68 nafarga yetar ekan, Sud Tibbiyot Instituti, jasadlardan 21 nafarining shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘indan jabr ko‘rgani taxmin qilingan 105 kishining oqibati haligacha noma’lum.

Kasalxonada davolanayotgan 290 nafar yaradorning 168 nafari Armanistondagi shifoxonalarda davolanmoqda.

Eslatib o‘tamiz:

Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatida, 25 – sentabr kuni Xankendi - Askeran yo‘li yaqinidagi benzin omborida sodir bo‘lgan portlash va ortidan kelib chiqqan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lar ekan, 290 kishi tan jarohati olgandi.

Ozarbayjon Favqulodda Vaziyatlar vazirligi, yong‘inning ozarbayjonlik o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirilganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar