Aliyev: Qurollar tashlansa anti – terror operatsiyasi to‘xtaydi

Aliyev bilan Blinken telefon orqali gaplashdi.

2039745
Aliyev: Qurollar tashlansa anti – terror operatsiyasi to‘xtaydi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinkenga, Qorabog‘dagi Armaniston qurolli kuchlari qurollarini tashlasa, anti – terror operatsiyasi choralari to‘xtatilishini bildirdi.

Aliyev bilan Blinken telefon orqali gaplashdi.

Ozarbayjon tomonining uchrashuv bilan bog‘liq bergan bayonotiga ko‘ra Aliyev, Blinkenga, Ozarbayjon armiyasining Qorabog‘da boshlatgan anti – terror operatsiyasi chora - tadbirlari sabablarini tushuntirgan.

Unda Aliyev, Qorabog‘dagi arman qurolli kuchlari va ularning oxirgi paytlarda avj olgan provokatsiyalari hamda tirnoq ichida prezidentlik saylovlari uyushtirgani haqida gapirgan Aliyev, provokatsion harakatlarning oldini olish uchun mintaqada mahalliy anti - terror chora-tadbirlari boshlatishga majbur qolganliklarini qayd etdi.

Ilhom Aliyevning taʼkidlashicha, Ozarbayjon armiyasi tinch aholi va infratuzilma obyektlarini nishonga olmagani, faqatgina qonuniy harbiy nishonlar yoʻq qilinayotganini ta’kidladi.

Ozarbayjonning Qorabog‘ hududida yashovchi arman vakillarining Ozarbayjon Prezidenti ma’muriyati tomonidan qayta integratsiya masalalarini muhokama qilish uchun bir necha marta muloqotga taklif qilinganini, lekin bu takliflar rad etilganini yodga solgan Aliyev, anti – terror operatsiyalari davom etayotgan bir paytda ham mazkur muloqot taklifini takrorlaganliklarini ifoda etdi.

Aliyev, Qorabog‘dagi arman qurolli kuchlari qurollarini tashlab, qurolsizlangudek bo‘lsa unda anti – terror operatsiya choralari to‘xtatilishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar