Aliyev Prezident Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildirdi

Ilhom Aliyev Prezident Erdoʻgʻanga Ozarbayjonni qoʻllab -quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

2039748
Aliyev Prezident Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 78 - sessiyasida soʻzlagan nutqida, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanga mamlakatini qoʻllab -quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Aliyev ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida:

“Aziz birodarim! Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqingizda Ozarbayjonni qoʻllab - quvvatlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Har doim boʻlganidek, bugun ham Turkiya Ozarbayjonning yonida va adolatli yoʻlimizni qoʻllamoqda.

Ozarbayjon bilan Turkiya yaxshi - yomon kunlarda har doim birga. Xalqaro tashkilotlarda hamisha bir - birimizning haqli pozitsiyamizni himoya qilmoqdamiz. Shusha deklaratsiyasi orqali munosabatlarimiz strategik ittifoq darajasiga ko‘tarildi.

Siz bilan men ham Ozarbayjonning Milliy Lideri Haydar Aliyevning qardoshligimiz ramzi bo‘lgan «Bir millat, ikki davlat» degan so‘zlarini doimo yodda tutib, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasidagi buzilmas birlikni yangi cho‘qqilarga olib chiqamiz”. – dedi.

Prezident Erdoʻgʻan kecha Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu - York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 78 - sessiyasida soʻzlagan nutqida:

“Bundan buyon hamma qabul qilganidek Qorabogʻ Ozarbayjon tuprogʻidir. Unga bundan boshqa maqom oʻrnatilishi hech qachon qabul qilinmaydi. Armanlar doxil hamma Ozarbayjon tuproqlarida tinchlik ichida yelkama yelka yashashi ustivor maqsadlarimizdan biri boʻlishi kerak. «Bir millat – ikki davlat» shiori bilan Ozarbayjon tuproqlarining hududiy yaxlitligini himoya qilish yoʻlida tashlangan qadamlarni qoʻllab – quvvatlaymiz”. – degan ifodalarga oʻrin bergandi.

 



Aloqador xabarlar