Ozarbayjon Armanistondan qurolli kuchlarini olib ketishini talab qildi

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligida Hikmet Hajiyev, Elchin Emirbeyov va Fariz Rzayev ishtirokida mamlakatda, akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakillarga brifing o‘tkazildi.

2039382
Ozarbayjon Armanistondan qurolli kuchlarini olib ketishini talab qildi

Armanistondan qurolli kuchlarini zudlik bilan Ozarbayjon hududidan olib chiqib ketilishi va Armaniston bilan aloqali ekani iddio etilgan rejimning, harbiy va maʼmuriy tuzilmasi tarqatilishi talab qilinmoqda.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligida Prezident maslahatchisi Hikmet Hajiyev, Ozarbayjon prezidentining maxsus vazifalar bo‘yicha vakili Elchin Emirbeyov va Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Fariz Rzayev ishtirokida mamlakatda, akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakillarga brifing o‘tkazildi.

Unda Qorabog‘dagi mavjud vaziyat va Ozarbayjonning Armanistondan talablari haqida ma’lumot berildi.

Ishtirokchilarga Ozarbayjonning xalqaro hamkorlari orqali yo‘lga qo‘ygan barcha sa’y - harakatlariga qaramay Armaniston va iddio etilishicha bu davlat tomonidan Ozarbayjonning mustaqil hududida tashkil etilgan rejimning normallashuv jarayoniga ziyon yetkazishni davom etayotgani va ularning, keskinlikni pasaytirish borasidagi barcha takliflarni rad etayotgani qayd etildi.

Oxirgi kunlarda ham Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasidagi aniqlanmagan chegarada ham da Qorabogʻ hududida istehkom ishlari va boshqa harbiy faoliyatlarning ortishi bilan birga harbiy provokatsiyalarning kuchaygani kuzatilgani bildirilgan brifingda, Armanistonning yangi harbiy hujum uchun tayyorlanayotgani ifoda etildi.

Brifingda, Ozarbayjonning dunyodagi har bir davlat kabi o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xalqaro huquq asosida har qanday yo‘l bilan himoya qilish huquqiga ega ekani yodga solindi.

Shuningdek Ozarbayjonning Armanistondan quyidagilarni talab qilgani qayd etildi:

1.      Harbiy faoliyatlarni toʻxtatish

2.      Ig‘vogar tusdagi rejalardan voz kechish

3.      Ozarbayjon mustaqilligi va hududiy yaxlitligini paymol qilishni toʻxtatish

4.      Ozarbayjonning Qorabogʻ mintaqasida separatizm va terrorizmni qoʻllab-quvvatlashni bas qilish

5.      Armaniston Qurolli kuchlari xodimlarining Ozarbayjon hududidan zudlik bilan olib chiqib ketilishi

6.      Armaniston bilan aloqali ekani iddio etilgan rejimning harbiy va maʼmuriy tuzilmasi tarqatib yuborilishi va qurolli kuchlarning qurolsizlantirilishi.

Talablar bajarilgudek bo‘lsa unda, Qorabog‘dagi nomi tilga olingan rejim vakillariga nisbatan amnistiya qo‘llanilishi mumkinligi bildirildi.

 



Aloqador xabarlar