Toqayev: Turkiya Qozog‘iston uchun muhim strategik sherikdir

Toqayev, Tashqi Ishlar vaziri sifatida ilk bor Ostonaga amaliy tashrif uyushtirgan Hakan Fidan bilan uchrashdi.

2036377
Toqayev: Turkiya Qozog‘iston uchun muhim strategik sherikdir

Qozog‘iston Prezidenti Qasim Jo‘mart Toqayev kecha, amaliy tashrif bilan poytaxt Ostonada bo‘lgan Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanni qabul qildi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Toqayev, Tashqi Ishlar vaziri sifatida ilk bor Ostonaga amaliy tashrif uyushtirgan Hakan Fidan bilan uchrashdi.

Oq - o‘rda prezidentlik saroyida boʻlib oʻtgan ushbu uchrashuvda Toqayev Hakan Fidanga avvalom bor yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Qozogʻiston - Turkiya munosabatlarini yanada rivojlantirishga katta hissa qoʻshishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.

Toqayev, bu yil Turkiya Respublikasi tashkil topganiga 100 yil to‘lgani va buning qardosh davlat uchun tarixiy burilish nuqtasi ekanini ta’kidlab:

“Anado‘lu siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - gumanitar sohalarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Mintaqaviy va global muammolarni hal etishda faol va samarali rol o‘ynab, dunyoda obro‘li davlatga aylandi. Turkiyaning yuz yillik yubileyi munosabati bilan Ostonadagi ko‘chalardan biriga «Anado‘lu» deb nom berilishi haqida ko‘rsatma berdim”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ikki davlat prezidentlarining uchrashuvlari chog‘ida oliy darajadagi kelishuvlar imzolanganini yodga solgan Toqayev, Turkiya, Qozog‘iston uchun muhim strategik sherik ekanini ta’kidladi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning salomini yetkazib, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni, mintaqaviy va xalqaro maydondagi salohiyatni yanada yuqori darajaga olib chiqish niyatida ekanliklarini bildirdi.

Fidan, Prezident Erdo‘g‘anning noyabr oyida Qozog‘istonda o‘tkaziluvchi Turk Davlatlari Tashkiloti Davlat rahbarlari sammiti doirasida, o‘zaro strategik munosabatlarni yanada kengroq muhokama qilishni rejalashtirganini ifoda etdi.

Shu bilan birga Fidan, Ostonaga tashrifi chog‘ida Turkiya sarmoya jamg‘armasi raisi Bag‘dod Amrayevni qabul qildi.

Hakan Fidan, Qozog‘iston Bosh vazir o‘rinbosari - Tashqi Ishlar vaziri Murat Nurtileuning taklifiga binoan Qozog‘istonga tashrif uyushtirgandi.

Shu doirada ilk bor uchrashgan Hakan Fidan bilan Murat Nurtileu, ikki davlat oʻrtasida mintaqaviy mavzular, savdo - iqtisodiy masalalar hamda xalqaro hamkorlik yo‘llarini muhokama qilgandi.



Aloqador xabarlar