Qorabog‘da qo‘shtirnoq ichida o‘tkazilgan prezidentlik saylovi qoralandi

Qorabogʻdagi norasmiy arman kuchlari, nazorati ostidagi tuproqlarda, 9 – sentabr kuni qoʻshtirnoq ichida prezidentlik saylovi uyushtirildi.

2036407
Qorabog‘da qo‘shtirnoq ichida o‘tkazilgan prezidentlik saylovi qoralandi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Ozarbayjonga qarashli Qorabog‘ida, Armaniston kuchlari nazorati ostidagi yerlarda qo‘shtirnoq ichida o‘tkazilgan “prezidentlik saylovi”ni tan olmasligini bildirdi.

AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Matthew Miller, matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

AQShning Armaniston bilan Ozarbayjonning muammolarini muloqot yo‘li orqali hal qilishi uchun yordam berishda davom etishini bildirgan Miller, takror, Lochin va Ag‘dam yo‘lining ochilishi kerakligini qayd etdi.

Miller,

“Avval ham aytganimizdek, biz Qorabogʻ mintaqasini mustaqil va suveren davlat sifatida tan olmaymiz. Shu bois qo‘shtirnoq ichida o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalarini ham tan olmaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Gruziya Tashqi ishlar vazirligi ham Ozarbayjonning Qorabogʻ hududida, arman kuchlari nazorati ostidagi yerlarda qo‘shtirnoq ichida oʻtkazilgan prezidentlik saylovlarini tan olmasligini bildirdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Gruziyaning, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab - quvvatlashi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi ham Ozarbayjonning Qorabogʻ hududida, arman kuchlari nazorati ostidagi yerlarda qo‘shtirnoq ichida oʻtkazilgan prezidentlik saylovlarini qoraladi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda O‘zbekiston, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qatʼiy qo‘llab – quvvatlashi ta’kidlandi.

Qorabogʻdagi norasmiy arman kuchlari, nazorati ostidagi tuproqlarda, 9 – sentabr kuni qoʻshtirnoq ichida prezidentlik saylovi uyushtirilgandi.

Ozarbayjon yetakchiligi esa Qorabogʻda, arman kuchlari nazorati ostidagi tuproqlarda qoʻshtirnoq ichida oʻtkazilgan saylovni, “mamlakat mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga qarshi hujum”. -  degan soʻzlar bilan qoraladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar